Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mask “Meta”ni sudga bermoqchi
11:29 / 2023-07-10

Ilon Mask “Threads” onlayn-platformasini ishga tushirgan “Meta” korporatsiyasiga qarshi da’vo ishi ochishini tasdiqladi. Mazkur platforma “Twitter”ga raqobatchi sifatida ko‘rilyapti, deyiladi TASS tarqatgan xabarda.

“Raqobat yaxshi, ammo firibgarlikka yo‘l yo‘q”, – deb yozgan milliarder ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Ma’lum bo‘lishicha, uning kompaniyasi “Meta” korporatsiyasi ustidan sudga murojaat qilmoqchi. Tadbirkor ta’kidlashicha, “Meta” “tizimli, atay va noqonuniy ravishda “Twitter”ning tijorat siri va intellektual mulkini o‘zlashtirib kelgan”. “Threads” ilovasini 5 iyuldan boshlab Amerika segmentida “App Store” ilova do‘koni orqali yuklab olish mumkin. 6 iyul kuni Sukerberg yangi platforma obunachilari ilova ishga tushirilganidan bir kun o‘tmasdanoq 30 millionga yetganini ma’lum qildi.