Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mask Marsdan ko‘ra Oyni ustun ko‘rmoqda
17:46 / 2026-02-09

Amerikalik milliarder Ilon Mask kutilmagan bayonot bilan chiqdi. “SpaceX” endi asosiy e’tiborni Marsga emas, balki Oyda “kengayib boradigan shahar” barpo etishga qaratadi. Uning aytishicha, bunday loyiha 10 yildan kamroq vaqt ichida amalga oshishi mumkin.

– Marsdagi shahar orzusi bekor qilingani yo‘q. U 5–7 yil ichida qayta boshlanishi mumkin. Hozircha ustuvor vazifa boshqacha: sivilizatsiya kelajagini kafolatlash uchun Oy tezroq va realroq, – deya yozdi Mask “X” platformasida.

Kompaniya 2027 yil martida uchuvchisiz uchoq orqali Oyga qo‘nishni nishonga olgan. Bu burilish fonida AQSH va Xitoy o‘rtasidagi Oy “poygasi” ham keskinlashmoqda. Insoniyat 1972 yildagi “Apollo 17” missiyasidan beri Oyga yetarlicha safar qilgani yo‘q. “SpaceX”ning ushbu maqsadi Vashington uchun strategik ahamiyat kasb etmoqda.

Qiziq jihati, Mask yaqinda o‘zi rahbarlik qilayotgan “xAI”ni “SpaceX” bilan birlashtirganini e’lon qildi. Bu qadam kosmosda energiya tejovchi ma’lumot markazlari qurish rejalari bilan izohlanmoqda.

Mask shuningdek, boshqa bizneslarini ham qayta ko‘rib chiqmoqda: “Tesla” bu yil 20 milliard dollarni “Optimus” robotlariga yo‘naltiradi, buning uchun Kaliforniyadagi zavodda ikki model ishlab chiqarilishi to‘xtatiladi.

Musulmon Ziyo, O‘zA