“Neuralink” 2026 yil ko‘r odamning ko‘rish qobiliyatini qisman tiklashni rejalashtirmoqda.
— Kelasi yil ko‘r odamning ko‘rish qobiliyatini butunlay tiklashni maqsad qilganmiz, — deb yozdi ushbu kompaniya sohibi Ilon Mask ijtimoiy tarmoq orqali.
Bu gapi bilan milliarder o‘z korxonasi Kanadada amalga oshirgan dastlabki ikki jarrohlik amaliyoti haqidagi xabarga izoh berdi.
Mart oyida “Neuralink” 2025 yil oxirida ko‘rishda nuqsoni bor odamlarga yordam beradigan implantatsiya yaratishini e’lon qilgan. 2024 yil sentyabrda esa vizual implantatsiya, hatto, tug‘ma ko‘zi ojizlarga ham ko‘rish imkonini berishi, kelajak qurilmalari esa inson o‘rganganidan boshqa spektrlarni ham ilg‘ay olishi haqida aytgandi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, dastlab tasvir sifati “Atari” o‘yin platformasi grafikasi kabi past bo‘ladi, kelgusida infra qizil va ultra binafsha spektrda ko‘rish imkonini beradi va radar to‘lqini uzunligini aniqlay oladi.
S.Rahimov, O‘zA