Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Masjidlardan 58 million so‘m ortiqcha mablag‘ olingan
09:53 / 2022-12-12

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Jizzax viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning 2019-2021 yillarda iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi bo‘yicha tariflarning qanchalik to‘g‘ri qo‘llanilgani yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida “Jizzax HETK” AJ tomonidan viloyatdagi diniy tashkilotlarga, shu jumladan, masjidlarga 2019-2021 yillarda elektr energiyasi uchun belgilangan tariflar noto‘g‘ri qo‘llanilgani aniqlangan.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 avgustdagi “Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim ishlari va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi qarori va tegishli farmoyishida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi diniy tashkilotlarga 2003 yilning 1 sentyabridan boshlab ularga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar (tabiiy gaz, ichimlik suvi, issiqlik energiyasi, elektr energiyasi, telefon, oqava suv va maishiy chiqindilarni tashish)ga to‘lovlarni aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha to‘lanishi qayd etilgan.  

Shunga qaramay, “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ushbu qaror talablari bajarilmagani natijasida 2019-2021 yillar mobaynida masjidlardan jami 58 million 289,3 ming so‘m ortiqcha mablag‘ olingani aniqlangan.

bugungi kunda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Jizzax HETK” AJ tomonidan noto‘g‘ri hisoblangan 58 million 289,3 ming so‘m mablag‘ masjidlarga qayta hisob-kitob qilish ishlari amalga oshirildi.  

 

O‘zA