Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Masjiddagi ehson qutisini oʻmargan shaxs qoʻlga olindi
11:26 / 2020-10-06

Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Samarqand viloyati Payariq tumanida yashovchi, 1979-yilda tugʻilgan fuqaro O.A. sodir etganligi aniqlangan.


Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining xabariga koʻra, joriy yilning 28-sentyabrdan 29-sentyabrga oʻtar kechasi Romitan tumani Azizon mahalla fuqarolar yigʻini Sarbiston qishlogʻidagi “Xoʻja Ali Romitaniy” masjidiga nomaʼlum shaxs gʻayriqonuniy ravishda kirib, u yerda boʻlgan 3 dona ehson qutilarni buzgan holda, ehson qilingan barcha pullarni oʻgʻirlab voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Romitan tumani ichki ishlar boʻlimi huzuridagi tegov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tezkor-tergov harakatlari olib borildi.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Samarqand viloyati Payariq tumanida yashovchi, 1979-yilda tugʻilgan fuqaro O.A. sodir etganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda fuqaro O.A. ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.