Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Masjid avtoturargohida “opiy” “savdosi”ga chek qo‘yildi
13:06 / 2022-07-24

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahri hududida tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Termiz shahridagi “Al-Hakim At-Termiziy” jome masjidi avtoturargohida fuqaro R.A. o‘zining jinoiy sherigi H.T. bilan birga o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan F.A.dan  vazni taxminan 2 kg bo‘lgan «opiy» giyohvandlik vositasini 24 ming AQSH dollariga sotib olib, boshqa bir shaxsga  40 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, F.A. giyohvand moddalarni tojikistonlik shaxsdan Denov tumani hududida 14 ming AQSH dollariga sotib olgan. 

 U bundan ikki baravar “foyda” ko‘rish uchun esa H.T. va R.A.ga “mahsulot”ni 28 ming AQSH dollariga sotishga kelishgan. O‘z navbatida, ushbu fuqarolar “opiy” giyohvandlik vositasini 40 ming AQSH dollariga sotishni reja qilgan.  

 Tezkor tadbir davomida olib qo‘yilgan moddalar Surxondaryo viloyati IIB EKBning ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof og‘irligi 2060.80 gr. bo‘lgan “opiy” giyohvandlik vositasi ekani aniqlandi. 

 Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, fuqarolar F.A, H.T, R.A. hamda boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 28, 246-moddasi 2-qismi va 25, 273-moddasi 5-qismiga asosan ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zA