Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mashxur o‘zbek qo‘shiqchisi Muslim Magomayev yubileyi sharafiga velosipedda Bokuga boradi
22:39 / 2022-09-15

Hamkorlarimiz sahifalarida

Taniqli o‘zbek opera xonandasi, “Registon” ansambli rahbari Xursand Sherov ko‘p yillardan buyon buyuk ozarbayjonlik ijrochi Muslim Magomayev xotirasiga bag‘ishlangan velosayohat bilan shug‘ullanib keladi, deb xabar bermoqda “Trend” muxbiri Vugar Imanov.

Bu Muslim Magomayev yubileyi sharafiga O‘zbekiston va Ozarbayjon bayroqlari bilan o‘tkazilayotgan to‘rtinchi velosayohatdir. Birinchi velosayr 2015 yilda Toshkent – Moskva yo‘nalishida amalga oshirilgan. 2016 yilda birdaniga ikkita Sibir orqali Buyuk Xitoy devorigacha Toshkent – Urumchi – Pekin yo‘nalishi bo‘yicha sayohati amalga oshirildi. O‘z shahriga qaytgan qo‘shiqchi pedallarni aylantirib, Bokuga yo‘l oldi. U yerda bir qator uchrashuvlar va chiqishlar o‘tkazdi. Uchinchi velosayohat 2019 yilda yana Toshkent – Moskva yo‘nalishi bo‘ylab o‘tkazildi.

Hozir Xursand Sherov Vologdada, u yerdan “temir ot”da Muslim Magomayevning vatani – Bokuga boradi. 22 iyun kuni Toshkentdan jo‘nab ketgan xonanda Rossiya va Qirg‘iziston va Qozog‘istondan o‘tib, Bokuda 25 oktyabr, buyuk ijrochi vafot etgan kuni Muslim Magomayev muxlislari bilan uchrashadi, repertuaridan kompozitsiyalarni ijro etadi.

Sherovning so‘zlariga ko‘ra, u kuniga 300 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tmoqda. Qizig‘i shundaki, xonanda velosportga bundan o‘n yilcha avval, yurak ishemik kasalligi tashxisi qo‘yilgach, shifokorlar tavsiyasi bilan boshlagan. Endi u uchun velosport hayotning ajralmas qismidir.

2000 yili konsert paytida yuragimda qattiq og‘riq paydo bo‘ldi. Shifokor zudlik bilan jarrohlikka rozilik bildirishim kerakligini aytdi. Taslim bo‘lmaslikka, boshqa shifokorlar ko‘rigidan o‘tishga qaror qildim. Yuragim og‘riyotganida ovozim yo‘qoldi. Shifokorlardan biri muammo yurakda emasligini aytdi, menga osteoxondroz tashxisi qo‘yildi – harakat qilishim kerakligi, bunda faqat velosiped yordam berishini tavsiya qildi. Keyin men velosipedga o‘tirdim. Avvaliga bu juda og‘riqli edi, lekin har kuni pedal urish ortidan nafas olishim yengilladi, og‘riq ketdi, ovozim qaytdi. Aytgancha, sayohat paytida men qo‘shiqchi ekanligimni yashirishga harakat qildim. Hamma meni sportchi-sayohatchi deb o‘ylardi.

Asta-sekin 100, 200, 500 kilometrlarni bosib o‘tib, olg‘a intila boshladim. Shundan so‘ng men uzoq masofalarni mo‘ljalladim. Keyin esa maqsadni tanladim – Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat qilish, Xitoy, Kavkaz, Turkiya, Rossiyaga tashrif buyurish. Sayohatimni afsonaviy ozarbayjon ijrochisi Muslim Magomayevga bag‘ishlashga qaror qildim. Men 22 kun ichida birinchi uzoq masofa – 3500 kilometr yo‘lni bosib o‘tdim, deydi Xursand Sherov.

Aytgancha, hozirgi velosipedni Xursand Sherovga Muslim Magomayevning bevasi, taniqli opera xonandasi Tamara Sinyavskaya sovg‘a qilgan.

Xonanda ozarbayjon tilini ham biladi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA