Mashqlarda toblanayotgan yoshlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabida 1 ming 200 dan ortiq o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabida 1 ming 200 dan ortiq o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.Maktabda boks, taekvondo (WTF), badiiy gimnastika, erkin kurash, o‘zbek jang san’ati, futbol, basketbol, voleybol kabi sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Seksiyalar barcha zarur inventarlar bilan jihozlangan.
–Mashqlarda toblanayotgan yoshlarimiz turli nufuzli musobaqalarda o‘z mahoratini muvaffaqiyatli namoyish etmoqda, – deydi o‘zbek jang san’ati bo‘yicha murabbiy Salomat Jiyemurodov. – Jumladan, joriy yil fevral oyida Namanganda o‘tkazilgan o‘zbek jang san’ati bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Z.O‘rozboyeva birinchi, D.Allambergenova ikkinchi, M.Toremurodova va I.Tilovberganov uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.