Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mashina uchun pul to‘lab sarson bo‘layotganlar hamon bor
17:47 / 2019-10-14

“Umid Avto lizing” MChJga o‘ttiz to‘qqiz million so‘m to‘lov qilgan fuqaro “Kobalt” avtomobilini sotib ololmadi.


“Umid Avto lizing” MChJga o‘ttiz to‘qqiz million so‘m to‘lov qilgan fuqaro “Kobalt” avtomobilini sotib ololmadi.

Shartnomaga ko‘ra avtomobil narxini to‘lab bergan fuqaro F. Abdullaev tegishli muddat yetib kelsa-da, korxonadan avtomobilini ololmadi. “Umid avto lizing” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakili F. Abdullaevni turli bahonalar bilan aldab yuraverdi. 

Oqibatda fuqaro 1091 raqamlari orqali iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Chunki, pullarni qurtday sanab olgan “Umid Avto lizing” MChJ fuqaroga istagan joyiga murojaat qilishini lekin, ular pullarni qaytarmasligini aytgan edi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati o‘z navbatida sarson bo‘lgan fuqaroning pullarini qaytarib olishida yordam berdi.