Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mashina o‘g‘risi gaz yoqilg‘isi tugab qolganligi sababli o‘z manziliga yetib borolmadi
15:28 / 2022-01-23

Joriy yilning 15 yanvar kuni soat 23:30larda 31 yoshli fuqaro A.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan “NEXIA-3” rusumli avtomashinasini yuvdirish maqsadida Buxoro shahar Sheyxon ko‘chasida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasiga kelib, oldindan tanish bo‘lgan shoxobcha ishchisi, 18 yoshli fuqaro Z.O. ga transport vositasini yuvish uchun qoldirib ketadi.

Fuqaro A.A.  yarim soatlardan so‘ng avtomashinasini olib ketmoqchi bo‘lib kelganida fuqaro Z.O. unga tegishli avtomashinani boshqarib ketib qolganligi aniqlangan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, olib qochilgan avtomashina fuqaro Z.O. tomonidan Shofirkon tumani hududiga borib qoldirib ketganligi aniqlanib, avtomashina ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro Z.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qoidabuzar protsessual tartibda ushlangan.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, shu kuni fuqaro Z.O mast holatda transport vositasini olib qochib, keyinchalik esa Shofirkon tumani hududiga yetib kelganida avtomashinaning gaz yoqilg‘isi tugaganligi sababli avtomashinani shu hududda qoldirib ketishga majbur bo‘lgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA