Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mashhur turk aktyori Burak Ozchivit XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi
13:35 / 2022-09-07

“O‘zbekkino” Milliy agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur turk aktyori, turk teleseriallari yulduzi Burak Ozchivit XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining yulduzli mehmonlaridan biri bo‘ladi.

Burak Ozchivit turk delegatsiyasi tarkibida Toshkentga keladi va hamkasblari bilan birga kinofestivalning asosiy tadbirlarida ishtirok etadi. Ular orasida 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan anjumanning ochilish marosimi, shuningdek, 15 sentyabr kuni poytaxtimizdagi Anjumanlar saroyida tantanali ravishda ochiladigan “Turkiya kinosi kunlari” madaniy tadbiri ham bor.

Turk kinosi kunlari doirasi turk delegatsiyasi Toshkentda film namoyishlarini o‘tkazadi. Shundan so‘ng ular 16 sentyabr kuni Urganchga yo‘l oladi. Urganchda ham ikki kun davomida o‘z filmlarini kinomuxlislar e’tiboriga havola etishi ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozim, Burak Ozchivit "Muhtasham yuz yil", "Qora muhabbat" va boshqa qator seriallar orqali muxlislar e’tiborini qozongan. "Ipak yo‘li durdonasi" XIV Toshkent xalqaro kinoforumi boshlanishiga 6 kun qoldi.

 

O‘zA