Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mashhur sportchilar yoshlarga mahorat sirlarini oʻrgatdi
11:50 / 2020-06-23

Poytaxtimizdagi “Yeso park”da Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi bilan hamkorlikda sport festivali hamda Olimpiada chempionlari bilan uchrashuv tashkil etildi.


Poytaxtimizdagi “Yeso park”da Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi bilan hamkorlikda sport festivali hamda Olimpiada chempionlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Festivaldan koʻzlangan maqsad davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusining ikkinchi yoʻnalishi, yaʼni yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishga koʻmaklashishdan iborat.

Tadbir doirasida 16 yoshdan 20 yoshgacha boʻlgan 60 nafar yigit-qiz sportning badminton, basketbol, mini futbol, stol tennisi turlari boʻyicha oʻzaro bahslashdi. Musobaqalar yakunida gʻolib boʻlgan jamoalar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Koʻtarinki ruhda oʻtkazilgan taqdirlash marosimidan soʻng yoshlar taniqli sportchilar, Olimpiada ishtirokchilari - bokschilar Elshod Rasulov, Murodjon Ahmadaliyev, sambochi Sarbon Ernazarov, erkin kurashchi Ixtiyor Navroʻzov, ushuchi Lotoshova Dorilar bilan uchrashdi. Samimiy kechgan muloqotda sportchi uchun eng muhim fazilatlar, mahorati sirlari, ona yurt sharafini himoya qilish masʼuliyati haqida soʻz bordi.