Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mashhur o‘zbek olima ayollari nomi bilan ataluvchi stipendiya joriy etiladi
11:18 / 2021-06-15

Farg‘ona davlat universitetida "Gender tenglikka erishish strategiyasini hayotga tatbiq etishda xotin-qizlarning roli" mavzusidagi Respublika seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari olima ayollari, deputatlar, sohaga daxldor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Xalq farovonligida jamiyat tinchligida hamda iqtisodiy barqarorlikda erkak va ayolning teng huquqliligi muhim o‘rin tutadi. Taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida xotin-qizlar va gender tenglik masalasi nihoyatda dolzarb va bu davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. 

E’tiborli jihati shundaki, jamiyatda ayollarning siyosat va iqtisodiyotga keng jalb qilinishi tufayli gender tengligi borasida o‘zgarishlar, siljishlar, hattoki yutuqlar ko‘zga tashlanmoqda. 

Xususan, xotin-qizlarning ta’lim sohasi va ilm-fandagi o‘rnini kengaytirish, kelajakda ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga yanada keng jalb etishga doimiy e’tibordagi masala hisoblanadi.

Farg‘ona davlat universitetida mazkur yo‘nalishda aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bu yerda “Bolajon” innovatsion markazi hamda “Gender tenglik masalalari tadqiqot markazi” tashkil etilib, samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Seminar-treningning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovlar videokonferensiya shaklida qatnashib, mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi ishlar xususida so‘z yuritdi.

– Ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashhur o‘zbek ayollari nomi bilan ataluvchi stipendiya joriy etish va uni taqdim etish mexanizmlarini ishlab chiqish orqali millatning olima ayoli imijini yaratib olsak, ko‘z o‘ngimizda xuddi shunday qizlar shakllana boshlaydi, – deydi Senat Raisi.

Anjumanda gender tengligiga erishish strategiyasining mazmun-mohiyati, ta’lim va tarbiya uyg‘unligini ta’minlashda xotin-qizlarning o‘rni, ularning ilm-fandagi faolligini oshirish kabi vazifalar atroflicha tahlil qilindi. Farg‘ona davlat universitetida gender tengligi borasidagi ilg‘or tajribalar, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishildi.

M. Sulaymonov, O‘zA