Mashhur kompozitor Ennio Morrikone vafot etdi
Italiyalik mashhur kompozitor Ennio Morrikone 94 yoshida vafot etdi, deb xabar tarqatdi Rainews24 telekanali.
Italiyalik mashhur kompozitor Ennio Morrikone 94 yoshida vafot etdi, deb xabar tarqatdi Rainews24 telekanali.
Aniqlik kiritilishicha, u bundan bir necha kun avval tos suyagini sindirib olgan va dushanba kuni Rim shahridagi klinikalarning birida vafot etgan. Hozircha boshqa tafsilotlar haqida aytilmayapti.
Ennio Morrikone Rim shahrida musiqachilar oilasida dunyoga kelgan. Yosh musiqachi dastlabki faoliyatini tungi klublarda va mehmonxonalarda boshlagan, keyinchalik teatrga ishga kirgan. 1966-yildan boshlab kinolarga musiqa yoza boshlagan.
Morrikone oʻzining sobiq sinfdoshi Serdjo Leone, keyinchalik Bernardo Bertoluchchi, Pyero Paolo Pazolini, Dario Orjento va boshqa kino ustalari bilan hamkorlik qilgandan keyin mashhur boʻlib ketdi.
Shundan keyin uni Gollivudga taklif etishdi. Gollivudda Morrikone Roman Polanski, Oliver Stoun, Brayan de Palma, Kventin Tarantina boshqa rejessyorlarning lentalariga musiqa yozdi.
Morrikone jami 400 ta film va seriallar uchun musiqa yozgan, ikki marta “Oskar”, olgan, toʻqqiz marta italiyaning “David di Donatello” kinomukofotiga, uch marta “Oltin globus", olti marta BAFTA sovrinlariga sazovor boʻlgan.