Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mashhur ingliz pianinochi 94 yoshida vafot etdi
16:00 / 2025-06-18

Oltmish yillik ijodiy faoliyati davomida Alfred Brendel Betxoven, Motsart va Shubert kabi klassik ustalarning asarlarini mohirlik bilan ijro etib, mashhurlikka erishgan.

Musiqadan tashqari adabiyot bilan ham jiddiy shug‘ullangan Brendel kecha Londondagi uyida 94 yoshida vafot etdi. 

“Euronews” nashrining yozishicha, u 1931 yil 5 yanvarda Moraviyada, hozirgi Chexiya hududida tug‘ilgan, bolaligining ko‘p qismi Xorvatiya va Avstriyada o‘tgan.

Brendel 1971 yildan beri Londonda yashab kelayotgan edi. U Kembrij, Oksford, Yel va Juilliard kabi universitetlarning 10 ta “Grammy” nominatsiyasi va 23 ta faxriy unvonini olgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA