Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mashhur aviakompaniya kiber hujumga uchradi
11:27 / 2025-07-02

Avstraliya aviakompaniyasi – “Qantas” xizmat ko‘rsatish platformasiga qilingan kiber hujumdan so‘ng mijozlariga murojaat bilan chiqdi.

BBC xabariga ko‘ra, aloqa markazi olti million kishining ismi, elektron pochta manzili, telefon raqami, tug‘ilgan sanasi va boshqa zarur ma’lumotlar saqlanadigan platformada “g‘ayrioddiy harakat”ni aniqlagan.

Kompaniya ayni payt hujumning to‘liq ko‘lamini tekshirmoqda. Jamoatchilikka pasport, kredit kartasi va shaxsiy moliyaviy ma’lumot xavfsiz ekani aytildi.

“Qantas” ushbu jinoyatdan Federal politsiya, Kiber xavfsizlik markazi va Axborot komissari idorasini xabardor qilgan.

– Mijozlardan uzr so‘raymiz, xatomizni tan olamiz, – dedi “Qantas Group” bosh direktori Vanessa Xudson.

Musulmon Ziyo, O‘zA