Masharipova Xusnibon Farxodovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik xususiyatlarni rivojlantirishda Kamoliddin Behzodning ma’naviy merosidan foydalanish metodikasi” mavzusida
Masharipova Xusnibon Farxodovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik xususiyatlarni rivojlantirishda Kamoliddin Behzodning ma’naviy merosidan foydalanish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Alfraganus University huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/25.08.2025.Ped.193.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 7-yanvar kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100190, Toshkent shahri, Yuqori Qoraqamish ko‘chasi, 2a-uy.
Tel.: +998 (78) 122-75-57
e-mail: info@afu.uz