Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mashaqqatli mehnat samarasi
11:48 / 2022-11-07

Buxoro viloyati Kogon tumani paxtakorlari yil bo‘yi qilingan barakali mehnat evaziga davlat xirmoniga 25 ming 240 tonnadan ziyod hosil topshirdi. Shartnomaviy reja ortig‘i bilan bajarildi. Tumanda joriy yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumi uchun puxta tayyorgarlik ko‘rildi va tizimli asosda ish olib borildi.

Tumanda erta bahorda 204 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 7 ming 5 gektar maydonga “Buxoro-102” , “Buxoro-6” hamda “Buxoro-8” navli paxta urug‘i ekildi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar natijasida g‘o‘za nihollari tekis unib chiqdi. Vegetatsiya davrida barcha agrotexnik tadbirlar sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirildi. Ishning tizimli asosda tashkil qilingani va dehqonlarning mashaqqatli mehnatlari evaziga dalalarda mo‘l hosil yetishtirildi. Terimchilar uchun barcha sharoitlar yaratildi. Dala boshida issiq ovqat tashkil qilindi. Ularning madaniy hordiq chiqarishi, terim pullarining o‘z vaqtida, dala boshida berib borilgani terim sur’atini oshirishda muhim omil bo‘ldi, albatta.

Yuksak xirmonni bunyod etilishida “Tangriyev Xudoyberdi bobo”, “Zoyir Abbos Azizbek”, “Yodgorov Homid”, “Kelajak g‘alaba bizniki”, “Rahmat o‘g‘li Alisher”, “Kogon Sanjarbek chorvasi” kabi ilg‘or fermer xo‘jaliklari salmoqli hissa qo‘shdi.

 

Zarif Komilov,

O‘zA