Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mash’al” muhim o‘yinda zafar quchdi
23:58 / 2025-09-11

G‘uzordagi “Markaziy” stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan “Mash’al” — “Sho‘rtan” bahsi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi 36-daqiqasida Samandar Ochilov hisobni ochgan bo‘lsa, Humoyun Murtozoyev 41-daqiqaga kelib “Mash’al” klubining ikkinchi goliga mualliflik qildi. 

Ikkinchi bo‘limni biroz sustroq boshlagan mezbonlar 56-daqiqada gol o‘tkazib yubordi. “Sho‘rtan” jamoasining mazkur golini Po‘latxo‘ja Xoldorxonov kiritdi. 

Shu tariqa, “Mash’al” 2:1 hisobida zafar quchdi va ochkolarini 21 taga yetkazib oldi. “Sho‘rtan” 11 ochko bilan 16-pog‘onada qoldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA