Prezidentimizning joriy yil 14 yanvardagi Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida 456.6 MVTli foto elektr stansiyasi qurishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, ayni maqsadda investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Tuman hokimligida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hududiy boshqarmasi rahbariyati bilan Birlashgan Arab Amirliklari "Masdar" kompaniyasi vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu jarayon tahlil etildi.
Uchrashuvda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Osiyo taraqqiyot banki, “5 poytaxt”, “Green Business Innovation” kompaniyalari vakillari, fermer xo‘jaliklari, klasterlar, mahalliy hokimiyat idoralari rahbarlari ishtirok etdi.
Suhbat chog‘ida qurilishning navbatdagi bosqichiga tayyorgarlikning borishi, shuningdek, Sherobod shahri va tutash hududlar bo‘ylab yuqori voltli tarmoq o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masala batafsil ko‘rib chiqildi.
Texnik parametri har tomonlama tahlil qilingach, loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish uchun zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
O‘zA