Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Masʼuliyatli jarayonga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda
08:51 / 2020-08-30

Pandemiya sharoitida oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari onlayn tarzda amalga oshirildi. Ayni vaqtda esa davlat test sinovlariga belgilangan meʼyorlar asosida puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Pandemiya sharoitida oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari onlayn tarzda amalga oshirildi. Ayni vaqtda esa davlat test sinovlariga belgilangan meʼyorlar asosida puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Fargʻona davlat universitetida 12 ta fakultet, 40 ta kafedra faoliyat koʻrsatmoqda. Shuningdek, 48 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi hamda 26 ta magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan.

Mazkur muassasaga 2020-2021 oʻquv yili qabul jarayonlari zamon talablariga muvofiq tashkil etildi.

111.JPG

– Joriy oʻquv yilida talabalikka daʼvogar boʻlib 45 500 nafar abituriyentdan arizalar kelib tushdi, – deydi universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Ravshan Maksudov. – Shundan 23 000 dan ziyodi kunduzgi taʼlimga, 22 000 nafari esa, sirtqi taʼlimga qayd etilgan. Pandemiya sharoitida test imtihonlarini ochiq maydonlar – stadionlarda oʻtkazish belgilandi. Fargʻonada ham mavjud stadionlarning belgilangan meʼyorlarga mos keladiganlari tanlab olindi va imtihonlarga shay holatga keltirildi. Jumladan, Fargʻona davlat universitetining 2000 kvadrat metrdan iborat sport maydoniga 1350 ta oʻrin tayyorlab qoʻyildi. Abituriyentlarning imtihon topshirish jarayoni ochiq va shaffofligini taʼminlash maqsadida maydon boʻylab 28 ta kuzatuv kameralari oʻrnatildi.

Viloyat hokimligining bevosita amaliy koʻmagi va Davlat test markazining masʼulligida abituriyentlarning qulay sharoitlarda sinovdan oʻtishlari uchun ularga zarur vositalar taqdim etiladi.

2-sentyabrdan boshlanishi rejalashtirilgan davlat test sinovlari har kuni ikki smenada tashkil etiladi.

Fargʻona davlat universiteti

Matbuot xizmati