English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marton SHYOBERL: TDT – ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash uchun samarali maydon
18:51 / 2022-10-15

Turkiy davlatlar tashqi siyosiy tadqiqotlar markazlari yig‘ilishida so‘zga chiqqqan Vengriya Tashqi ishlar va savdo instituti direktori Marton Shyoberl shunday dedi:

— Yig‘ilish turkiy davlatlardagi yetakchi tahliliy markazlari mutaxassislari bilan samarali muloqot olib borish va kelgusi hamkorlik mexanizmini ishlab chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Bu yerda olingan ma’lumotlar hammamiz uchun juda muhim.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan o‘ziga xos muloqot maydoniga aylandi. Toshkentning o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni o‘rnatishga nisbatan ochiq yondashuvi har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun asos bo‘lmoqda.

Ayni dam Budapesht TDTga  ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlash uchun samarali vosita sifatida qaramoqda.

O‘zA