Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Martin Chungong: O‘zbekistonning gender tenglikni ta’minlash sohasidagi tajribasi ommalashtiriladi
13:47 / 2022-12-22

O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong bilan videokonferens-aloqa shaklida suhbat o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekistonning yondashuvi ibratli ekani hamda tashkilot bilan tizimli va samarali ishlashga yorqin misol bo‘lishi ta’kidlandi.  

Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi O‘zbekistonni BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida qabul qilingan “Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiya bilan tabrikladi.  

Parlamentlararo ittifoq ushbu hujjatni BRM Sammitiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim hujjat hamda jahon parlamentlari a’zolari sa’y-harakatlarini milliy indikatorlarning amalga oshirilishini nazorat qilishga yo‘naltirib, ular uchun noyob yo‘riqnoma bo‘ladi, deb hisoblaydi.  

Martin Chungong dunyoda O‘zbekistonga qiziqish ortib borayotganini ta’kidlab, O‘zbekiston Respublikasining gender tenglikni ta’minlash sohasidagi tajribasini ommalashtirish, shubhasiz, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shishini alohida qayd etib o‘tdi.  

Senat raisi O‘zbekiston parlamenti Parlamentlararo ittifoq bilan BRMning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni qat’iy davom ettirmoqchi va rivojlantirmoqchi ekanini ta’kidladi.  Shuningdek,  ushbu rezolyutsiya va uning amalda ro‘yobga chiqarilishi jahon mamlakatlari parlamentlariga BRMni amalga oshirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish, ularni ko‘rib chiqish va tasdiqlashda faolroq ishtirok etish imkonini berishiga umid bildirdi.  

Muloqot yakunida tomonlar hamkorlikni qo‘shma loyihalarni ishga tushirish formatida davom ettirishga kelishib oldilar. Bunday hamkorlik O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi va samaradorligini jahon hamjamiyatiga o‘z vaqtida yetkazish, shuningdek, BRM bo‘yicha parlament komissiyasi faoliyatiga oid O‘zbekiston tajribasini ommalashtirish imkonini beradi.  

 

O‘zA