Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Martabali mehmon milliy madaniy markazlar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi
10:41 / 2022-07-29

30 iyul – “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti milliy ozchiliklar bo‘yicha oliy komissari Qayrat Abdurahmonov Farg‘ona viloyatida bo‘lib, Farg‘ona shahridagi milliy madaniy markazlar joylashgan “Do‘stlik uyi” faoliyati bilan tanishdi.

Mehmon yahudiy, slavyan, tatar, qirg‘iz, koreys, tojik, nemis, turk milliy madaniy markazlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Turli millatlarning kuy-qo‘shiqlari, milliy an’ana va qadriyatlarni o‘zida namoyon etgan ko‘rgazmalar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. 4 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan Farg‘ona viloyatida 400 ming atrofida o‘nlab millat va elat vakillari ahl-inoqlikda, totuvlikda hayot kechirayotgani yana bir bor o‘z isbotini topdi.

[gallery-8065]

Markaz rahbarlari bilan o‘tgan samimiy muloqotda mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan milliy madaniy markazlarga, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor ko‘rsatilayotgani qayd etildi. Viloyatda markazlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

YeXHT milliy ozchiliklar bo‘yicha oliy komissari Qayrat Abdurahmonov viloyatga birinchi marotaba tashrif buyurgani, bu yerda turli millat vakillariga yaratilgan sharoitlarni ko‘rib mamnun bo‘lganligini ta’kidladi. Madaniy markazlarning avtomashinalar bilan ta’minlangani, dunyoda iqtisodiy qiyinchiliklar bo‘layotgan bir paytda viloyatda madaniy markazlar uchun yangi binoda ta’mirlash va jihozlash ishlari yakunlanayotgani e’tiborini tortganini aytib o‘tdi. Viloyat hokimi tashabbusi bilan sobiq “Neftchi” madaniyat saroyining rekonstruksiya ishlari, bu yerda milliy madaniy markazlarga yaratilayotgan qulayliklar borib ko‘rildi.

Viloyatning Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlari hamda Rishton tumanidagi diqqatga sazovor joylari mehmonda katta taassurot qoldirdi.

 

M. Sulaymonov, 
M. Qodirov (surat),O‘zA