Mart oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1 foizga oshgan
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning mart oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1 foizga oshgan.
Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 11,7 foizga yetdi.
Narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,6 foizga oshgan.
Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,7 foizga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 0,4 foizga oshgani kuzatilgan.
O‘zA