Olimlar Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasiga tayanib, Marsdagi vaqt Yerga qaraganda kuniga o‘rtacha 477 mikrosekundga tezroq o‘tishini aniqladi. Tadqiqot The Astronomical jurnalida chop etilgan.
Hisob-kitoblarga Marsning Yerga nisbatan besh baravar zaif tortishish kuchi, uning orbital tezligi va orbitasining cho‘zinchoq shakli, shuningdek Quyosh, Yer va Oyning gravitatsion ta’siri kiritilgan. Umumiy nisbiylik nazariyasiga ko‘ra, harakat tezligi va gravitatsiya darajasiga qarab vaqt turlicha oqadi — bu hodisa vaqtning sekinlashishi (time dilation) deb ataladi.
Mars Quyoshdan uzoqroq bo‘lgani uchun sekinroq aylanadi, ammo orbitasi cho‘zinchoq bo‘lgani sababli yaqinlashganda tezlashadi, uzoqlashganda sekinlashadi. Shuningdek, Marsning Quyosh va Yer–Oy tizimidan turlicha masofada bo‘lishi vaqtning o‘zgarib turishiga olib keladi. Shu omillarning birgalikdagi ta’siri natijasida Marsdagi vaqt Yerga qaraganda biroz tezroq oqadi.
Marsdagi “bir soniya” astronavt uchun odatdagidek bo‘ladi, biroq Yerda turgan kuzatuvchi uchun u biroz tezroq o‘tadi. Farq o‘rtacha sutkasiga 477 mikrosekundni tashkil etadi; bu ko‘rsatkich Marsning orbitadagi holatiga qarab ±226 mikrosekundga o‘zgarishi mumkin.
Mutaxassislar bu kichik farq kelajakda Mars atrofidagi novigatsiya, aloqa va GPS tizimlarini Yer bilan sinxronlashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/z_jjhbGovE8" title="Marsda vaqt Yerga qaraganda tezroq o‘tadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA