Maroqli sog‘lomlashtirish mavsumi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatidagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi ta’til davrida bolalar salomatligini mustahkamlash, jismoniy faolligini oshirish maqsadida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida sog‘lomlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
[gallery-24543]
Tarbiyalanuvchilar uchun gigiyenik-profilaktik tadbirlar, ochiq havodagi harakatli o‘yinlar, erkin ijodiy mashg‘ulotlar va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlovchi menyular joriy etilgan. Har bir muassasada loyiha doirasidagi sog‘lomlashtirish ishlari bolalarning yoshiga, salomatligiga va rivojlanishiga mos holda tashkil etilib, ularning mazmunli dam olishi va ta’lim-tarbiya jarayonidan uzilmasligi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA