Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Maromiylik marafoni”ga start berildi
14:41 / 2025-11-04

Toshkent viloyati hokimligida viloyat hokimi, viloyat Ma’naviyat-ma’rifat Kengashi raisi Zoyir Mirzayev boshchiligida jamiyatda maromiylik madaniyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda hudud faollari, hududdagi barcha tashkilot va boshqarmalar rahbarlari, ziyolilar, OAV hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi. 

Yig‘ilishda to‘y-hasham va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish, sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash masalalari o‘rtaga tashlanib, jamiyatda dabdababozik oqibatida yuzaga keladigan ortiqcha isrofgarchilik, oilaviy tadbirlar va boshqa urf-an’analarda me’yorni saqlamaslik kabi salbiy illatlar tez-tez uchrab turishi aytib o‘tildi. 

Shuningdek, bu kabi holatlar aholining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga putur yetkazibgina qolmay, milliy qadriyatlarimizga zid kayfiyatning shakllanishiga ham sabab bo‘layotgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, “Maromiylik marafoni” doirasida chora-tadbirlar dasturi imzolandi. 

Ta’kidlash joiz, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 16 sentyabrda “Umumiy ovqatlanish korxonalarida hosil bo‘ladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish va ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolangan edi. 

Mazkur hujjatda aynan maromiylik madaniyatini keng targ‘ib etish orqali fuqarolarda me’yorni saqlash, ortiqcha isrofgarchilikdan tiyilish, shukronalik va bag‘rikenglik kabi yuksak insoniy fazilatlarni hayot mezoniga aylantirish, natijada jamiyatda totuvlik, hamjihatlik va ma’naviy barqarorlikni ta’minlash kabi muhim vazifalar belgilangan. 

Muloqot davomida mavzu bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi. Joylarda amalga oshirish lozim bo‘lgan vazifalar, targ‘ibot ishlari haqida mas’ullar ma’lumot berdi. 

A.Musayev,O‘zA.