English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marokashdagi zilzila qurbonlari 2 122 nafarga yetdi
16:09 / 2023-09-11

Marokashda yuz bergan zilzila qurbonlari soni 2 122, jarohatlanganlar esa 2 421 kishiga yetdi.

Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi bayonotida aytilgan. Mahalliy matbuot ushbu tabiiy ofat poytaxt Rabotdan tashqari Kasablanka, Meknes, Agadir va Fesda ham sezilganini xabar qilgandi.  

Nobud bo‘lganlarning asosiy qismi Al-Hovuz, Torudant, Shivava, Varzazat, Marrakesh, Azila, Agadir, Kasablanka va Yussifiy mintaqalarida qayd etilgan. Hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etyapti. Jarayonga fuqaro mudofaasi kuchlari va harbiylar jalb qilingan.  

Eslatib o‘tamiz, Marokashda 9 sentyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan 7 magnitudali zilzila mamlakat tarixidagi eng yirik halokatlardan biri sifatida baholanmoqda.