Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marokashda turar-joy binosi quladi, qurbonlar bor
19:08 / 2025-12-10

Marokash shimolidagi Fec shahrida ikkita turar-joy binosi qulashi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, deb yozmoqda “Anadolu” axborot agentligi.

Ta’kidlanishicha, fojia natijasida 16 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan. Qutqaruv xizmatlari, xavfsizlik kuchlari va fuqarolik mudofaasi voqea joyida ishlamoqda.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan qulagan binolar atrofidagi hudud o‘rab olingan va qo‘shni uylarning aholisi evakuatsiya qilingan.

M.Pirmatova, O‘zA