Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marokash terma jamoasi
17:14 / 2026-03-10

2022-yil Qatar yashil maydonlarida bo’lib o’tgan Jahon chempionati marokashliklar uchun omadli o’tdi.

Iyun va iyul oylarida AQSH, Meksika va Kanada yashil maydonlarida futbol bo‘yicha Jahon chempionati turniri bo‘lib o‘tadi. Mundialning  “C” guruhidan Braziliya, Marokash, Gaiti hamda Shotlandiya jamoalari joy olgan.  

Marokash milliy terma jamoasi tarixi

Marokash terma jamoasi 1928-yilda tashkil topgan. O’sha yilning 22-dekabrida terma jamoa o’zining ilk o’rtoqlik uchrashuvini Fransiyaning B jamoasi qarshi o’tkazgan va 2:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. “Atlas sherlari” eng yirik g’alabasiga Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvda erishgan. Bu bellashuvda Marokash 13:1 hisobida zafar quchgan. “Qizillar” eng katta mag’lubiyatini esa Vengriyadan qabul qilib olgan 6:0. Marokashliklar 1959-yilda CAFga a’zo bo’lgan bo’lsa, 1960-yilda esa FIFA ro’yihatidan o’tgan. Marokash ayni vaqtda FIFA reytingida 8-pog’onani egallab turibdi.  

Jahon chempionatlaridagi ishtiroki  

Marokash terma jamoasi o’z tarixida 6 marta Jahon chempionatida qatnashgan. Ilk bor 1970-yilda Meksikada bo’lib o’tgan mundialda o’z debyutini o’tkazgan. Ularning ilk ishtiroki omadli o’tmagan. Sababi marokashliklar uchta uchrashuvda 1 ochko jamg’argan holda guruh bosqichida o’z ishtirokini yakunlagan. “Atlas Sherlari” ikkinchi ishtirokini 1986-yilda Meksikada bo’lib o’tgan Jahon chempionatida birinchisiga nisbatan omadli tarzda o’tkazdi. Bu turnirda Marokash Portugaliya, Angliya va Polsha jamoalari bilan bir guruhdan joy olib, ushbu guruhdan birinchi o’rinni egallagan holda pley-off bosqichiga yo’l oladi. Bu bosqichda “qizillar” Germaniyaga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirdagi yurishni yakunlaydi. Marokash terma jamoasi 1994-yil AQSHda va 1998 yildan Fransiyada bo’lib o’tgan mundialda ham ishtirok etgan va guruh bosqichidan o’z yurishini to’xtatgan.  2018-yilda “Atlas Sherlari” beshinchi bor mundialda ishtirok etadi. Bu turnirda jamoa Ispaniya, Portugaliya va Eron bilan bir guruhdan o’rin oladi va guruh bosqichidan buyog'iga o'ta olmagan. 2022-yil Qatar yashil maydonlarida bo’lib o’tgan Jahon chempionati marokashliklar uchun omadli o’tdi. Bu mundialda Marokash terma jamoasi Belgiya, Xorvatiya va Kanada bilan bir guruhdan joy olib, guruh g'olibi sifatida pley-offga yo’l oldi. Nimchorak finalda Marokash terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushdi. Asosiy uchrashuv 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi va penaltilar seriyasida Marokashning qo’li baland kelib, choral finalga yo’llanmasini qo’lga kiritgan. Bu bosqichda “qizillar” Portugaliya bilan kuch sinashdi va minimal 1:0 hisobida zafar quchadi va o’z tarixida ilk bor mundial yarim finalga yo’l oladi. Yarim finalda Marokash terma jamoasi Fransiyaga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.  

Eng yaxshilari va narx

Marokash terma jamoasi tarixida eng ko’p maydonga tushgan futbolchi bu Nurridin Nayebt. Bu futbolchi terma jamoasi libosida 115 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Terma jamoan to’purari esa Ahmad Faras hisoblanadi. Uning hisobida 36 ta gol mavjud. “Atlas Sherlari”ning ayni vaqtda “transfermarkt” portalidagi narxi 435,55 million yevroni tashkil etadi. Jamoaning eng qimmat futbolchisi esa Ashraf Hakimi sanaladi. Uning narxi 80 million yevroni tashkil etadi.  

Terma  jamoa yutuqlari

Marokash terma jamoasi o’z tarixida bir marta Afrika Millatlar kubogiga sazovor bo’lgan. “Qizillar” 1976-yilda chempionlikni tantana qilgan. Bundan tashqari “atlas sherlari” ikki marta kumush va bir marta bronza medalni qo’lga kiritgan. 2004 va 2025-yilda Marokash kumush medalga sazovor bo’lgan, 1980-yilda esa bronza medalni qo’lga kirtigan.  

Marokash terma jamoasi Arab kubogida ham ikki bor zafar quchgan. 2012 va 2025-yilda musoboqanining oltin medallarini qo’lga kiritgan.  

Marokash terma jamoasi Afrika Millatlar chempionatida uch bor kubok sohibi bo’lgan. “Qizillar” 2018, 2020 va 2024-yilda chempionlikni tantana qilgan.  

Marokash joriy yil bo’lib o’tadigan Jahon chempionatida ilk o’yinini 14-iyun kuni Braziliya terma jamoasiga qarshi o’tkazadi. 2-turda esa 20-iyun kuni Shotlandiya bilan kuch sinashadi. So’nggi turda ularga Gaiti jamoasi raqiblik qiladi. Uchrashuv 25-iyun kuni bo’lib o’tadi.