Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marokash televideniyesi: Zilzila qurbonlari soni 632 nafarga yetdi
15:38 / 2023-09-09

Arab yangiliklari (arabnews) nashri xabar berishicha, juma kuni kechqurun Mag‘ribda sodir bo‘lgan kuchli zilzila qurbonlari soni 632 kishiga yetdi. 329 kishi jarohat olgan falokatdan dahshatga tushgan aholi yarim tunda uylarini tark etgan.

Marrakesh shahri sayyohlik hududidan 72 kilometr janubi-g‘arbda soat 23:11 da 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Kuchli silkinish qirg‘oq bo‘yidagi Rabot, Kasablanka va As-Suvayra shaharlarida ham sezilgan.

Ichki ishlar vazirligi muayyan hisobotga tayanib bayonot berishicha, tabiiy ofat oqibatida “Al-Hovuz, Marrakesh, Varzazat, Azilol, Shishova va Tarudant muzofotlarida 296 kishi halok bo‘lgan”.

Marokash OAV ushbu voqeani mamlakatda shu kungacha sodir bo‘lgan eng kuchli zizlila sifatida qayd etdi.

O‘zA