Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti darajasi yaxshilanadi
11:59 / 2021-10-13

Navoiy viloyatida markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti darajasi 69 foizdan 90 foizga yetkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning navoiylik saylovchilar bilan uchrashuvida bu haqda aytib o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, kelgusi besh yilda viloyatda ming kilometrdan ziyod ichimlik suvi va 90 kilometr kanalizatsiya tarmoqlari quriladi.

32 milliard so‘mlik gidrogeologik tadqiqotlar olib borilib, Zarafshon shahri, Uchquduq, Xatirchi va Tomdi tumanlarining jami 70 mingdan ortiq aholisi yer osti zaxirasi hisobidan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Natijada 2026 yilga borib 163 ming nafar aholiga ilk bor ichimlik suvi olib borilib, yana 200 ming aholining suv ta’minoti yaxshilanadi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 100 ta qishloq va mahalla obod qilinadi. Bunga byudjetdan har yili kamida 600 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Shuningdek, 5 ming kilometr elektr tarmog‘i, mingdan ziyod transformatorlar yangidan quriladi. Bu o‘tgan besh yilga nisbatan 2 marta ko‘p.

Viloyatda 6 ming kilometr avtomobil yo‘llari, 186 ta ko‘prik quriladi va ta’mirlanadi. Bunga 3 trillion so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltiriladi.

O‘zA