Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi hamda Barqaror rivojlanish markazi hamkorligida “Markaziy va Janubiy Osiyo: tarixiy aloqalar, zamonaviy hamkorlik va taraqqiyot istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir ikki mintaqa o‘rtasidagi ko‘p asrlik tarixiy aloqalar, bugungi hamkorlik yo‘nalishlari va istiqboldagi strategik vazifalarni atroflicha muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Davra suhbatini Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva ochib berdi va mintaqaviy muloqotning ilmiy hamda amaliy ahamiyatiga to‘xtaldi.


Mazkur davra suhbati Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilayotganini ko‘rsatdi. Tarixiy merosga tayanib, zamonaviy ehtiyoj va geosiyosiy realiyalarni hisobga olgan holda shakllanayotgan hamkorlik ikki mintaqa uchun ham strategik ahamiyat kasb etadi.
Tadbir “The Dailiy Ittehad Islomobod” gazetasida keng yoritildi. Nashrda konferensiya doirasida muhokama qilingan mintaqalararo hamkorlik masalalari, tarixiy aloqalar va zamonaviy integratsiya jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.


Bugun mintaqalar o‘rtasidagi muloqot shunchaki diplomatik uchrashuv emas, balki umumiy kelajakni birgalikda qurish jarayoni. Ilm-fan, ta’lim va madaniy almashinuv esa ushbu jarayonning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi.


Dildora DO‘SMATOVA, O‘zA