French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy saylov komissiyasida YeXHT kuzatuvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
17:57 / 2023-03-28

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendumni milliy qonunchiligimiz va xalqaro talablarga mos tarzda o‘tkazish uchun barcha tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Avval xabar berilganidek, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB)ning referendumni kuzatish missiyasi Toshkentda o‘z ishini boshladi. 

Cheklangan missiya tarkibiga elchi Albert Jonson (Islandiya) va uning o‘rinbosari Lusine Badalyan (Armaniston) rahbarlik qilmoqda. Missiya tarkibi 10 nafar ekspertlar, shu jumladan siyosiy, huquqiy, media hamda saylov sohasidagi tahlilchilar, uzoq muddatli kuzatuvchilar koordinatori, DIIHB idorasi xodimlari va maslahatchilaridan iborat. 

Bugun, 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida YeXHT DIIHB missiyasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda missiya rahbari Albert Jonson ta’kidlaganidek, DIIHBning cheklangan missiyasi O‘zbekiston MSKning taklifini bo‘lajak referendumda maksimal darajada ochiqlik va demokratiyani ta’minlash istagi sifatida baholaydi. Asosiy guruh ekspertlaridan tashqari missiya tarkibiga 14 nafar uzoq muddatli kuzatuvchilar ham qo‘shiladi.   

Uchrashuvda qayd etilganidek, ovoz berish kunidan so‘ng missiya referendumgacha bo‘lgan davr va referendumdan keyingi faktlarni ko‘rsatuvchi dastlabki bayonotini taqdim etadi. Shundan so‘ng, referendumni tashkil etish va o‘tkazish sohasidagi amaliyot va qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar, tavsiyalarni o‘z ichiga olgan yakuniy hisobot tayyorlanadi. 

O‘z navbatida, muloqot chog‘ida Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizomxo‘jayev referendum jarayonlari xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirilganligi, MSK tomonidan tasdiqlangan Kalendar reja va milliy qonunchilik asosida referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tizimli ravishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.    

Tomonlar o‘zaro samarali hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha fikr almashdilar.  

Muhtarama Komilova, O‘zA