Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy saylov komissiyasi raisi Surxondaryoda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi
10:12 / 2024-08-28

Saylov–2024

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev va Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Aleksandr Farmanov Surxondaryo viloyatida bo‘lib, vohada joriy yilning 27 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.  

Shu kuni viloyat hududiy saylov komissiyasi binosida yaratilgan shart-sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Viloyat hududiy saylov komissiyasi a’zolari bilan uchrashuvda muhim siyosiy kampaniyaga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni yuqori saviyada o‘tkazish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Viloyatda ayni paytda saylovlarga puhta hozirlik ko‘rilmoqda. Kampaniyani milliy qonunchiligimiz doirasida ochiq, oshkora o‘tkazish uchun barcha ishlar kalendar reja asosida amalga oshirilayotir. Tuman, shahar saylov komissiyalari, okrug saylov komissiyalari raisi, o‘rinbosari va kotiblari uchun o‘quv kurslari tashkil etilib, saylovga hozirlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan bilim va ko‘nikmalari mustahkamlanmoqda.  

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev va komissiya a’zosi Aleksandr Farmanov Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari raisi, o‘rinbosari va kotiblari uchun tashkil etilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, trenerlar hamda tinglovchilar bilan suhbatlashdi. Muloqot chog‘ida mazkur o‘quvlar saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtirish va mavjud talablarni to‘laqonli bajarishda muhim ekani ta’kidlandi. Taklif va tavsiyalar bildirildi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri