French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyoning yosh dzyudochilari Chirchiqda saralandi
16:14 / 2021-10-12

Chirchiq shahridagi "Kimyogar" sport majmuasida dzyudo bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining o‘smir yoshlari o‘rtasida xalqaro turnir o‘tkazildi.

"Samuray" sport klubi sovrini uchun tashkil etilgan musobaqada 2007-2008 yillarda tavallud topgan o‘smirlar 11 ta vazn toifasida bellashishdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati.

Ikkinchi bor tashkil etilgan mazkur musobaqada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va mamlakatimizning 350 nafardan ziyod  sportchilari ishtirok etdi.  

Murosasiz bahslar natijasiga ko‘ra, 1 ta vaznda qirg‘izistonlik sportchi, 6 ta vazn toifasida esa qo‘shni qozog‘istonlik dzyudochilar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilishdi. 4 ta vaznda esa iste’dodli yosh dzyudochilarimiz M. Ahrorov, I. Bahodirov, I. Teomanov va D. Turdiyorov 1-o‘rinlarni egallashdi.  

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA