Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyoda millatlararo totuvlik mustahkamlanmoqda
16:28 / 2022-08-05

Toshkentda “Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlikni ta’minlash” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari, xorijdagi vatandoshlar, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari, jamoat birlashmalari, do‘stlik jamiyatlari, milliy madaniy markazlar, O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar, millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha olimlar va ekspertlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi mutasaddilari ishtirok etdi.

Anjuman Markaziy Osiyo mamlakatlarining millatlararo totuvlikni ta’minlash borasidagi axborot va ilmiy sohadagi salohiyatini birlashtirish, madaniyatlarini namoyish etish va yaqinlashtirish, shuningdek, mintaqada o‘zaro faol va mustahkam qo‘shnichilik, do‘stlik, ishonch muhitini saqlash hamda O‘zbekistonda xalq diplomatiyasi asosida chet eldagi vatandoshlarimiz bilan muntazam munosabatni yo‘lga qo‘yish, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona madaniy-ma’rifiy aloqani mustahkamlash orqali yurtimizda yashab kelayotgan barcha millat va elat vakillarining tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyati, milliy an’ana va urf-odatini saqlash va har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.

[gallery-8216]

Ishtirokchilar xalq diplomatiyasi, ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim, millatlararo munosabat sohalarida bugungi kundagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, o‘zaro faol madaniy almashinuvga erishish imkoniga ham ega bo‘lishdi.

Konferensiya ishi sho‘’ba yig‘ilishlariga bo‘lingan holda “Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda madaniy-gumanitar aloqaning o‘rni”, “Vatandoshlar” jamoat fondining xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan muloqotiga oid “Vatandoshlar” jamoat birlashmalari bilan ishlashda Markaziy Osiyo davlatlari tajribasi”, “Etnoturizm va etnosport: xorij tajribasi va rivojlanish istiqboli” mavzularida olib borildi.

Mutaxassislar - milliy madaniy markaz raislari va xalqaro tashkilot vakillari, diniy konfessiyalar mutasaddilari yurtimizda olib borilayotgan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik siyosati xususida o‘z fikrlarini bildirdi.

A’lo ABDULLAEV(surat), O‘zA