English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyoda iqtisodiyotlarimizning “bir-birini to‘ldirishi” tamoyili asosida sanoat va agro kooperatsiyalari davom ettiriladi
12:46 / 2023-04-27

Xalqaro kongress markazida ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda. Uning yalpi majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik siyosatini davom ettirib, iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shni davlatlar bilan faol ishlanayotganini ta’kidladi.  

Ushbu maqsadlarda qo‘shma investitsiya fondlari tashkil qilinib, sanoat, energetika, transport va suv xo‘jaligi sohalarida yirik mintaqaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.  

Iqtisodiyotlarimizning “bir-birini to‘ldirishi” tamoyili asosida sanoat va agro kooperatsiyalari qat’iy davom ettirilishi ta’kidlandi.  

Masalan, Qirg‘iziston bilan hamkorlik natijasida so‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 5 barobar va qo‘shma korxonalar soni 8 barobar oshdi. Xususan, to‘qimachilik, avtomobilsozlik, geologiya, kimyo sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi, chorvachilik kabi yo‘nalishlarda birgalikda katta-katta loyihalar boshlandi. Bularning barchasi 2021 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston – Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilmoqda.  

“Qambarota GES-1” va “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihalari bo‘yicha ham ishlar jadal davom etmoqda.  

O‘zA