English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining majlisi boshlandi
10:38 / 2025-11-12

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti majlisi o‘z ishini boshladi.

Nufuzli anjuman  “Xotin-qizlar huquqlari va gender tenglikni ta’minlashda global hamda mintaqaviy yondashuvlar” mavzusida o‘tkazilmoqda. 

Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqarayotgan tadbirda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston parlamentlari vakillari, BMTning mintaqaviy tuzilmalari rahbarlari, shuningdek, davlat va jamoat arboblari ishtirok etmoqda.

Majlis doirasida xotin-qizlarning  siyosiy, ijtimoiy faoliyati, iqtisodiy va tadbirkorlik salohiyati, ta’lim va reproduktiv salomatlik sohalaridagi imkoniyatlari, innovatsiya va iqlim siyosatidagi o‘rni va ahamiyati kabi masalalar muhokama qilinadi.

Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti majlisining so‘nggida yakuniy hujjatni qabul qilish ham nazarda tutilgan.

N.Abduraimova,

N.Haydarov (surat),  

O‘zA