French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi
11:36 / 2022-04-16

"Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 8-yig‘ilishi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Tadbirda Yaponiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari vakillari, tashqi ishlar idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi nomidan yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov qatnashdi.

Ushbu platformaning asosiy vazifasi siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, Yaponiya va yapon kompaniyalarining Markaziy Osiyodagi mavqeini mustahkamlash, mintaqa davlatlari bilan madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishdan iborat.

 Bundan tashqari mintaqalararo, madaniy aloqalarni rivojlantirish, biznesni qo‘llab-quvvatlash, intellektual muloqot, inson kapitali almashinuvi ham ko‘p tomonlama sheriklikning asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan. Shuningdek, muloqot doirasida mintaqada terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashish, mintaqaviy xavfsizlik, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika resurslari, transport va logistika, atrof-muhitni muhofaza qilish, turizm, savdo va investitsiyani kuchaytirish masalalari ishlab chiqilib, kelishib olinmoqda.

Kun tartibiga Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, xususan, SOVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish, chegara nazoratini kuchaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi sheriklik masalalari ham qo‘yildi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan mamlakatlar vakillari o‘z chiqishlarida Yaponiya bilan munosabatning bugungi holati to‘g‘risida so‘zlab berdilar, o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridagi dolzarb masalalarni belgilab oldilar, Shuningdek, aloqalarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Sardor Umurzoqov delegatlarga murojaat qilib, mamlakatimiz hamkorlikni faollashtirish va Muloqot kun tartibini kengaytirishga tayyorligini ta’kidladi. U O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi 30 yillik hamkorlik natijasini sarhisob qildi.

Muloqot doirasidagi sheriklikni rivojlantirish nuqtai nazaridan eng muhim yo‘nalishlar, jumladan, kun chiqar yurt ilg‘or tajribasidan foydalanish, qo‘shma farmatsevtika klasterlari, ixtisoslashgan ilmiy-tdqiqot muassasalari tashkil etish orqali yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, transmilliy va uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik, kiber jinoyatchilik va boshqa xavfsizlik muammolariga qarshi kurashish hisobiga barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish, yangi temir va avtomobil yo‘llari qurish, havo transporti salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirish haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratni rivojlantirish, Yaponiya texnologiyalari va nou-xaularini joriy qilish, "yashil iqtisodiyot"ni ilgari surish, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq salbiy jarayonni to‘xtatish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlar o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

O‘zbekiston tomoni kelgusida amalga oshirish uchun bir qator yangi tashabbuslarni ham ilgari surdi. Jumladan, Yaponiyaning "Bir qishloq – bitta mahsulot" dasturi asosida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qo‘shma dastur ishlab chiqish, "Markaziy Osiyo uchun "Yashil kun tartibi" mintaqaviy dasturini ilgari surish, axborot texnologiyalari sohasida o‘qitish va malaka oshirish xizmati bilan mintaqa qamrovini kengaytirish va qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish maqsadida 2020 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan Yaponiya raqamli universitetini Markaziy Osiyo raqamli universitetiga aylantirish kabi istiqbolli g‘oyalarni bayon etdi.
Tadbir yakunida Yaponiya tomoni Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ikki va ko‘p tomonlama muloqotni kengaytirish orqali mintaqaning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishda davom etishga tayyorligini bildirdi.

O‘zA