Markaziy Osiyo mintaqasi strategik joylashuvi va boshqa ko‘plab imkoniyatlari sababli doimo xalqaro jamoatchilik diqqati markazida bo‘lib kelgan. Shu bois mazkur hududlarda yuz berayotgan global ahamiyatga molik voqealar tahlili ko‘pchilik uchun qiziqarli ekanligi tabiiy.
O‘zA saytida har haftada “Markaziy Osiyo xabarlari” loyihasi berib borilmoqda. Quyida yakunlangan hafta davomida mazkur mintaqada yuz bergan asosiy voqealar haqida so‘z boradi.
Turkmanistondagi ayollar xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan naqd pul ko‘rinishida sovg‘a oladi
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollarga 60 manat miqdorida naqd sovg‘alar berishni buyurdi.
Turkmaniston davlat axborot agentligi (TDH) xabar berishicha, rasmiylar ayollarning mamlakat farovonligi uchun islohotlarni amalga oshirishda va vatanga sodiq sog‘lom va ilhomlangan avlodni tarbiyalashda qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etishgan.
Naqd pul to‘lovlari 2026 yil 2-martdan 6-martgacha tantanali marosimda topshiriladi.
Ma’lumot o‘rnida: Turkmanistonning ayollari ketma-ket yettinchi yil davomida 8-mart sharafiga 60 manatdan pul olib kelishmoqda.
Qozog‘iston Eron atrofidagi vaziyat tufayli xavfsizlik idoralarini hushyor holatga keltirdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat Xavfsizlik kengashi kotibi Gizat Nurdauletovga xavfsizlik idoralari va tegishli vazirliklar rahbarlari bilan birgalikda Eron atrofidagi keskinlashib borayotgan vaziyat va mamlakatdagi barqarorlikka potensial tahdidlarga javoban favqulodda reja tayyorlashni buyurdi. Bu haqda uning matbuot kotibi Aybek Smadiyarov xabar berdi.
Barcha xavfsizlik idoralari allaqachon 24/7 hushyor holatga keltirildi. Hukumat tarkibida Tashqi ishlar vazirligi boshchiligidagi maxsus monitoring guruhi tuzildi. Viloyat hokimlariga Yaqin Sharqdagi o‘zgarib borayotgan vaziyatga qarab choralar ko‘rish topshirildi.
Qirg‘iziston va YeI tijorat banklarini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarish rejasini ishlab chiqmoqchi
Qirg‘iziston va Yevropa Ittifoqi qirg‘iz banklarini sanksiyalardan chiqarish bo‘yicha kelgusi texnik hamkorlik rejasini ishlab chiqadi. Bu haqda Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari Daniyar Amangeldiyev Bishkekka ishchi tashrif bilan kelgan Yevropa Ittifoqining Sanksiyalar bo‘yicha maxsus elchisi Devid O’Sallivan bilan uchrashgan.
Uchrashuv davomida D.Amangeldiyev Qirg‘iziston moliyaviy monitoring va tashqi iqtisodiy operatsiyalar uchun shaffoflik choralarini izchil kuchaytirayotganini ta’kidladi. U shuningdek, samarali eksport va moliyaviy nazorat tashqi iqtisodiy zanjirning barcha ishtirokchilari, jumladan, Yevropa eksportchilari o‘rtasida umumiy mas’uliyatni talab qilishini ta’kidladi.
YeI maxsus elchisi Devid O’Sallivan, o‘z navbatida, shaffoflikning namoyish etilishi Yevropa institutlari va xalqaro hamjamiyat tomonidan ishonchning asosiy kafolati ekanligini aytdi. U Qirg‘iziston banklarini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarish va kelajakdagi moliyaviy xavflarni bartaraf etish bo‘yicha texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar qirg‘iz tomoniga yuborilganini ma’lum qildi.
Tojikistonda bank kreditlari qimmatlashdi
Tojikiston Milliy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda Tojikiston moliya institutlari jami 30,0 milliard somoniy (taxminan 3 milliard dollar) miqdorida kreditlar bergan. Bu 2024-yilga nisbatan 21,1 foizga o‘sishdir.
Berilgan kreditlarning umumiy miqdoridan 42,6 foizga iste’molga mo‘ljallangan. Qolgan qismi savdo va ovqatlanish, qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmatlar, ipoteka, qurilish kabi yo‘analishlarni qamrab olgan.
2025 yil oxirida kredit moliya institutlarining umumiy kredit portfeli balansi 26,1 milliard somoniyni tashkil etdi, bu 2024 yil oxiriga nisbatan 22,2 foizga ko‘p.
Xorijiy valyuta kursi o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi, milliy valyuta kursi esa 0,5 foiz punktga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil oxirida parlamentga qilgan murojaatida Prezident Imomali Rahmon tegishli idoralarga kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini pasaytirish choralarini ko‘rishni buyurgan edi.
Go‘zal Sattorova, O‘zA