Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo xabarlari
14:16 / 2026-02-23

Markaziy Osiyo strategik joylashuvi va boshqa imkoniyatlari tufayli doimo xalqaro jamoatchilik diqqati markazida bo‘lib kelgan. Shu ma’noda mintaqada yuz berayotgan global ahamiyatga molik voqealar tahlili ko‘pchilik uchun qiziqarli ekanligi tabiiy.

Qozog‘istonda bir qishloq alkogolli ichimliklar sotish va iste’mol qilishdan butunlay voz kechdi

В казахсtaнском селе 15 лет не пrодают и не uпотrебляют алкоголь

Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi “Amangeldi” qishlog‘i alkogolli ichimliklar sotish va iste’mol qilishdan butunlay voz kechdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu qaror oqsoqollar tashabbusi bilan mahalliy aholining ko‘magida qabul qilingan.

Qishloqda 500 ga yaqin kishi istiqomat qiladi. So‘nggi to‘rt yil ichida u yerda birorta ham jinoyat qayd etilmagan.

“Kazinform” xabarida alkogoldan voz kechish jamoat tartibini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va yosh avlodni tarbiyalashda muhim omilga aylanishi qayd etilgan. Hozirda mazkur viloyatda 56 ta qishloq alkogoldan butunlay voz kechgan.

Tojikiston Ramazon oyida oziq-ovqat narxlarini nazorat qilishni joriy qildi

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Dushanbe shahrida Ramazon oyida oziq-ovqat narxlarini kuzatib borish uchun maxsus guruhlar tashkil etilgan.

Ta’kidlanishicha, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mahalliy biznes vakillariga asossiz narxlarning oshishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirib, Ramazon oyi mehr-shafqat oyi va xayrli ishlar vaqti ekanligini eslatgan. 

– Afsuski, moddiy manfaatlarni ko‘zlagan ba’zi fuqarolar aholining ortib borayotgan talab va ehtiyojlaridan foydalanib, oziq-ovqat narxlarini asossiz ravishda oshirmoqda. Bunday harakatlar nafaqat jamiyatning axloqiy me’yorlariga, balki ma’naviy va axloqiy qadriyatlarga ham ziddir, - deb izoh keltirgan mamlakat Ichki ishlar vazirligining Dushanbe departamenti.

Qirg‘izistonda ilk osma dor yo‘li foydalanishga topshirildi

Yaqinda Bishkek yaqinidagi “Ala-Archa” milliy tabiat bog‘ida ilk osma dor yo‘li foydalanishga topshirildi.

Mazkur yig‘inning ochilish marosimida Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov ishtirok etib, so‘nggi yillarda “Ala-Archa” milliy tabiat bog‘i sayyohlar uchun zamonaviy va qulay dam olish maskaniga aylanganini ta’kidladi.

Soatiga 1000 yo‘lovchini tashishga qodir bo‘lgan bir kilometrlik osma dor yo‘li Avstriyaning mashhur “Doppelmayr” kompaniyasi tomonidan qurilgan. 

– Biz ushbu kanat yo‘lini kengaytirishning ikkinchi bosqichi doirasida milliy bog‘ni kompleks rivojlantirishni davom ettiramiz, - dedi mamlakat rahbari o‘z nutqida. – Ikkinchi bosqich nazorat punktidan boshlanadi va jami 12 kilometrni qamrab oladi, milliy bog‘ning eng go‘zal va borish qiyin bo‘lgan qismlariga yetib boradi. 

Shuningdek, tadbirda “Ala-Archa” tabiat bog‘ida zamonaviy chana yo‘li, kottejlar va suzish havzasi bo‘lgan besh yulduzli mehmonxona qurilishi davom etayotgani ta’kidlandi.

Turkmaniston yo‘lovchilarga xorijga oziq-ovqat olib chiqishni taqiqladi

Turkmenistan Tightens Border Rules to Limit Trips to Uzbekistan - The Times  Of Central Asia

Fevral oyidan boshlab Turkmaniston poytaxti Ashxoboddan uchayotgan yo‘lovchilarga mamlakatdan oziq-ovqat mahsulotlarini olib chiqish amalda taqiqlangan. Xabar qilinishicha, cheklovlar go‘sht va baliq mahsulotlari, konservalar va hatto nonga ham tegishli.

Nazorat asosiy bojxona ko‘rigidan oldin katta o‘lchamdagi bagaj hududida o‘tkazilmoqda. Faqatgina ushbu qo‘shimcha tekshiruvdan so‘ng sayohatchilarga standart chegara nazorati tartib-qoidalariga o‘tishga ruxsat beriladi.

Qiziq jihati, vaziyatga oydinlik kirituvchi rasmiy bayonot berilmagan. Turkmaniston bojxona xizmati bektir baliqlaridan tashqari oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga rasman hech qanday taqiq e’lon qilmagan. Oziq-ovqat mahsulotlari ham Turkmaniston havo yo‘llari veb-saytida taqiqlangan eksport ro‘yxatiga kiritilmagan.

Turkmen.news manbalariga ko‘ra, nazorat kuchaytirilgani xorij aeroportlarida, xususan, Istanbul va Rossiyaning Qozon shahrida turkman oziq-ovqat mahsulotlari musodara qilingan holatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Fevral oyi boshida Qozon shahrida turkman fuqarolaridan 10 kilogrammdan ortiq asal va 53 kilogrammdan ortiq go‘sht olib qo‘yilgani xabar qilingan edi.

Go‘zal Sattorova tayyorladi.

O‘zA