Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo va global iqtisodiyot: baho, taxmin...
19:51 / 2025-08-26

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Markaziy Osiyo global iqtisodiy transformatsiya chaqirig‘i qarshisida: baho va faraz” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur yirik tadbir Germaniyaning “Roza Lyuksemburg” jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi va mazkur oliy o‘quv yurti huzuridagi Ilg‘or xalqaro tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlari, Germaniya, Xitoy, Hindiston va Ozarbayjondan taniqli iqtisodchilar, davlat va jamoat arboblari, olim, sotsiolog, antropologlar qatnashdi.

Muhokama chog‘ida dunyo iqtisodiy va moliyaviy tizimidagi o‘zgarishlar, yirik davlatlar o‘rtasidagi raqobat, energiya almashinuvi, shuningdek sun’iy intellektning jadal rivoji kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi. Mutaxassislar global iqtisodiy landshaft jarayonining mintaqamiz mamlakatlari uzoq muddatli barqaror rivojlanishi istiqboliga ta’sirini tahlil qildilar. Xususan, iqtisodiy o‘sishning yangi manbalari, zamonaviy ish o‘rinlari yaratishda raqamlashtirish, muhim minerallar, yashil texnologiya va innovatsiya imkoniyatidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ABaHSsx5i50" title="Markaziy Osiyo va global iqtisodiyot: baho, taxmin..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA