English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo va Germaniya hamkorligi rivojlanadi
07:45 / 2026-02-13

Berlinda Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘zaro aloqa jadal o‘sish sur’atini namoyon etayotganini ta’kidlab, “Markaziy Osiyo – Germaniya” formatida sheriklikni yanada rivojlantirishga tayyorliklarini tasdiqladilar.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, transport va tranzit zanjirini mustahkamlash hamda qo‘shma energetika loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar barqaror taraqqiyotni ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, jumladan mintaqadagi muzliklar erishi muammosini hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatni muvofiqlashtirish muhimligini bir ovozdan ma’qulladilar.

O‘z navbatidaShtaynmayer GFR Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdorligini tasdiqladi.

S.Rahimov, O‘zA