Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo transchegaraviy turpaketlari ishlab chiqiladi
14:23 / 2025-06-24

Turizmni rivojlantirish har qanday davlat iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu sohaning samarali rivojlanishi yangi ish o‘rinlari yaratilishi, infratuzilmaning yaxshilanishi va madaniy almashinuvning kuchayishiga sabab bo‘ladi.

Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov Ulan-Bator shahrida Mo‘g‘ulistonning madaniyat, sport, turizm va yoshlar ishlari vaziri Chinbatin Undram xonim bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘zaro tanishuv bo‘yicha qo‘shma tadbirlar, turoperatorlar o‘rtasida “B2B” uchrashuvlar uyushtirish hamda Mo‘g‘ulistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari va blogerlari uchun press-tur tashkillashtirish, mo‘g‘ul va xorijiy sayyohlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab joylashgan qadimiy shaharlarni va yo‘nalishlarni, shuningdek, eko va etnoturizm manzillarini qamrab oluvchi yagona Markaziy Osiyo transchegaraviy turpaketlarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Samarqanddagi BMT Jahon turizm tashkilotining Xalqaro turizm akademiyasida ta’lim almashuvini tashkil etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi.

Muzokaralar yakunida kelgusida sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishildi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA