Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo: Raqobat maydonidan strategik hamkorlik sari
10:50 / 2026-02-17

Markaziy Osiyo qadim sivilizatsiyalar chorrahasi sifatida shakllangan va bugungi kunda geosiyosiy hamda geoiqtisodiy jihatdan alohida ahamiyat kasb etayotgan hududdir. Ushbu mintaqa Sharq va G‘arbni bog‘lab turgan strategik ko‘prik sifatida tarixan savdo, madaniyat va ilm-fan almashinuvining muhim markazi bo‘lib xizmat qilgan.

Qadimda Buyuk Ipak yo‘li orqali o‘tgan savdo yo‘llari Markaziy Osiyoni jahon sivilizatsiyalari tutashgan nuqtaga aylantirgan. Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlar nafaqat iqtisodiy, balki ilmiy-ma’rifiy markaz sifatida ham yuksalgan. Mintaqaning boy tabiiy resurslari, jumladan neft, gaz va qimmatbaho metallar zaxiralari uning zamonaviy dunyo iqtisodiyotidagi o‘rnini yanada mustahkamlamoqda.

Siyosatshunos Sayfiddin Jo‘rayev fikricha, so‘nggi yillarda, ayniqsa 2017-yildan keyin mintaqa mutlaqo yangi bosqichga qadam qo‘ydi. Bugun mintaqa xalqaro munosabatlarning faol sub’ekti sifatida e’tirof etilmoqda va global siyosiy jarayonlarda mustaqil pozitsiyasi bilan ishtirok etmoqda.

Бўлажак сайловлар AQSHни o‘zгартирадими?

Mintaqadagi yangi siyosiy muhit, avvalo, davlatlar o‘rtasida strategik bog‘liqlikni anglash va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan siyosat natijasidir. 

Ortga qaytmas jarayon

O‘zbekiston tashabbusi bilan 2017-yildan boshlab mintaqa ichidagi muloqot va hamkorlik izchil rivojlandi. Geosiyosiy, geoiqtisodiy va geomadaniy jarayonlarda mintaqa davlatlari manfaatlarining uyg‘unlashuvi amalda tasdiqlandi. Albatta, barcha masalalarda to‘liq moslik mavjud emas, ammo tizimli maqsadlar va harakatlarni muvofiqlashtirish mexanizmlari manfaatlar to‘qnashuvining oldini olmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari jahon jarayonларининг faol ishtirokchisiга айланиб  bormoqda"

Global tartibotda yangi kuch markazlari shakllanayotgan bir paytda o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash ehtiyoji ham ortib bormoqda. Bunday sharoitda Markaziy Osiyo an’anaviy va yangi geosiyosiy markazlarni bog‘lovchi, ularni uyg‘unlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.

“Markaziy Osiyo plyus” formati — mintaqaning yangi diplomatik platformasi

Rossiya, Xitoy, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya kabi yirik davlatlar Markaziy Osiyoni yaxlit mintaqaviy sherik sifatida qabul qilmoqda. Bumunosabatlar “Markaziy Osiyo plyus” formatlari orqali yangi bosqichga ko‘tarildi.

2025 yilda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi”, “Markaziy Osiyo — Xitoy”, “Markaziy Osiyo — Rossiya” va “Markaziy Osiyo — AQSH” sammitlarining davlat rahbarlari darajasida o‘tkazilishi mintaqaning global siyosatdagi strategik ahamiyati oshib borayotganini ko‘rsatdi. Bu formatlar investitsiyalarni jalb etish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va tashqi hamkorlar bilan teng huquqli muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.

Boshqacha aytganda, Markaziy Osiyo endi tashqi ta’sir ob’ekti emas, balki xalqaro munosabatlarning mustaqil ishtirokchisi sifatida o‘z pozitsiyasini mustahkamlamoqda.

Transafg‘on temir yo‘li — yangi iqtisodiy ko‘prik

Transafg‘on temir yo‘li камиda 5 yilda қурилади

Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘laydigan Transafg‘on temir yo‘li qurilishi mintaqaviy integratsiya uchun muhim qadam bo‘ldi. Loyiha savdo, investitsiya va transport sohalarida o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytiradi, shuningdek Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga turtki beradi.

O‘zbekiston ilgari surgan pozitsiyaga ko‘ra, Afg‘oniston umumiy tinchlik va taraqqiyot makonining ajralmas qismiga aylanishi zarur. Bu nafaqat mintaqaning barcha davlatlari manfaatlariga javob beradi, balki janubiy sarhadlarda barqarorlik belbog‘ini shakllantirishga xizmat qiladi.

Yangi bosqich: umumiy tahdidlarga birgalikda javob

Presidents of five Central Asian countries to meet in Dushanbe in  mid-September

Bugun mintaqa ikki tomonlama masalalarni hal qilishdan tashqari, iqlim o‘zgarishi, energetik o‘tish, suv va oziq-ovqat xavfsizligi, raqamli transformatsiya kabi umumiy tahdidlarga birgalikda yechim izlamoqda. Bu esa o‘zaro ishonch va mas’uliyatga asoslangan hamkorlikning yangi ufqlarini ochmoqda.

Ma’lumki, zamonaviy dunyoda barqaror taraqqiyot savdo, investitsiya, transport koridorlari va ilg‘or texnologiyalarga tayanadi. Shu nuqtai nazardan, Markaziy Osiyoni “katta o‘yin” sahnasiga aylantirmaslik strategik ahamiyat kasb etadi.

Global noaniqlik sharoitida yaxshi qo‘shnichilik, hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash mintaqaning eng katta resursiga aylanmoqda. 

Bugungi o‘zgarishlar – ongli va ortga qaytmas tanlov. Bu yo‘l nafaqat birgalikdagi sa’y-harakatlarni, balki umumiy kelajak uchun mas’uliyatni ham talab etadi. Markaziy Osiyo tinchlik, farovonlik va taraqqiyot makoniga aylanishi uchun ushbu tarixiy sur’atni saqlab qolish har qachongidan muhim.

Musulmon Ziyo, O‘zA