Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi bilan hamkorlik yanada mustahkamlanadi
13:58 / 2025-07-10

Ekologik barqarorlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan. Bu borada hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish dolzarb ahamiyatga ega.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi, Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kamaytirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirish masalalari bo‘yicha komissiyasi vakillarining Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (CAREC) ijrochi direktori Batir Mammedov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot avvalida delegatsiya a’zolariga yangi tahrirdagi Konstitutsiya va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar doirasida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etgan holda mamlakatning nafaqat mintaqada, balki xalqaro miqyosda global ekologik muammolarning oldini olishdagi ishtirokini yuqori baholadi.

Shuningdek, uchrashuvda Yevropa Ittifoqining SWITCH-Asia dasturi doirasida CAREC tomonidan amalga oshirilayotgan Markaziy Osiyo parlamentlarining o‘zaro hamkorlik platformasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbus boshlangani ma’lum qilindi.

Uchrashuv davomida ekologik barqarorlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish, aylanma iqtisodiyot tamoyillarini Markaziy Osiyo davlatlarining milliy qonunchiligiga uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi. Bu borada o‘zaro hamkorlikni Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi bilan yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

M.Komilova,

O‘zA