Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo mintaqasida elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashildi
16:59 / 2025-05-29

Toshkent shahrida Jahon banki tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan hamkorlikda "E-BRIDGE" loyihasi doirasida “Markaziy Osiyoda elektron tijorat orqali mintaqaviy hamkorlikni rag‘batlantirish” mavzusida davra suhbati va “Markaziy Osiyoda elektron tijorat orqali global foydalanish imkoniyatlarini oshirish” E-GATE anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda davlat idoralari vakillari, Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlardagi yetakchi xalqaro kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etdi. 

“Markaziy Osiyoda elektron tijorat orqali mintaqaviy hamkorlikni rag‘batlantirish” mavzusidagi davra suhbatida mintaqaviy integratsiya bo‘yicha xalqaro tajriba, xususan, davlat va xalqaro tashkilotlar, xususiy sektor faoliyatidan namuna sifatida foydalanildi. 

[gallery-23652]

– Ushbu xalqaro anjuman elektron tijoratni shaffof tartibga solishni rivojlantirishga, shunga mos ravishda milliy bozorda tovarlarni ilgari surishga xizmat qilmoqda, – dedi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak. – Biz ushbu platformadan elektron tijoratni tartibga solish, tovarlarning transchegaraviy harakatini, soliqqa tortish masalalarini va boshqa jihatlarni tartibga solishda umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligiga oid muhim masalalarni muhokama qilish uchun foydalandik. Nima uchun bu muhim? Chunki, bugun biz yirik bozorlarning transchegaraviy faoliyati natijasida tashqi savdoda muayyan buzilishlarni ko‘ryapmiz. Bizning tartibga soluvchi tashkilot sifatidagi vazifamiz aniq, shaffof “o‘yin qoidalari”ni shakllantirish hamda ichki va xalqaro bozor ishtirokchilari uchun teng raqobat sharoitlarini ta’minlashdan iborat. 

E-GATE anjumani esa Markaziy Osiyo mintaqasida elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish, uning yangi iqtisodiy imkoniyatlari, ish o‘rinlari yaratish va tovarlar eksporti geografiyasini kengaytirish borasidagi salohiyatini muhokama qilishga bag‘ishlandi. 

Anjuman elektron tijorat va Markaziy Osiyoning barqaror iqtisodiy o‘sishi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. 

Sh.Mamaturopova, Asliddin Alijonov (surat), O‘zA