English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» formati o‘zaro ishonchni mustahkamladi
11:56 / 2025-12-17

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda bir qator qonun loyihalari va parlament nazorati faoliyatiga doir masalalar muhokamasi ko‘zda tutilgan.

Majlisni kirish so‘zi bilan ochgan Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy voqeliklarga to‘xtalib o‘tdi.  

Shu jumladan, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Inson qadri, ijtimoiy adolat va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lidagi hamkorlik” mavzusida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi haqida ham to‘xtaldi:  

— Mazkur tadbir mintaqaviy va xalqaro parlamentlararo munosabatlarni mustahkamalashda muhim siyosiy va diplomatik voqea bo‘ldi.  

Mamlakatlarimiz rahbarlarining faol hamkorligi, o‘zaro ishonchi va kelajakka umumiy qarashlari mintaqaning xalqaro nufuzini va uning global jarayonlardagi rolini mustahkamladi. «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» formati asosida parlamentlararo hamkorlik savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek, barqaror rivojlanish va global kun tartibi masalalaridagi pozitsiyalarni kelishib olishga keng imkoniyatlar ochmoqda. «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» formati parlamentlararo muloqot uchun barqaror va samarali maydon sifatida o‘zaro ishonchni mustahkamladi, tajriba almashishga yordam berib, konstruktiv xalqaro hamkorlik namunasini yorqin ifoda etdi.

[gallery-26771]

Ushbu formatda birgalikda ishlashni davom ettirsak, biz xalqlarimizning farovonligini mustahkamlashga, xavfsiz va barqaror kelajakni shakllantirishga hissa qo‘shgan bo‘lamiz, — dedi Spiker.

Muhtarama Komilova, O‘zA